15:44 / 09.04.2021
6186

Po‘lat Bobojonov Qoraqalpog‘istonda 7 nafar xodimni ishdan oldi. 9 ta hududdagi faoliyatga jiddiy e'tiroz bildirib, 14 inspektorni rotatsiya qildi

Foto: IIV axborot xizmati

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida o‘rganishlar yakuniga bag‘ishlangan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov, Vazirlar Kengashi raisi Qahramon Sariyev, respublika va shahar-tuman sektor rahbarlari ishtirok etishdi.

Qoraqalpog‘istondagi sektor rahbarlari / Foto: IIV Axborot xizmati

Yig‘ilishda 2020 yil davomida va joriy yilning o‘tgan davrida, Qoraqalpog‘istonda jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash borasidagi ishlar muhokama qilingan.

Foto: IIV Axborot xizmati

Ichki ishlar vaziri «Temir daftar», «Ayollar» va «Yoshlar» daftarlariga kiritilgan fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida yetarli chora-tadbirlar belgilanmaganligi uchun Nukus shahri, Qanliko‘l, Kegeyli, Chimboy, Qo‘ng‘irot, Taxiatosh, Beruniy, Qorao‘zak va Bo‘zatov tumanlari huquq-tartibot idoralarining faoliyatiga jiddiy e'tiroz bildirgan.

Foto: IIV Axborot xizmati

Shuningdek, o‘z xizmat hududida jamoat xavfsizligini ta'minlashda yo‘l qo‘ygan jiddiy kamchiliklar uchun 7 nafar ichki ishlar organlari xodimlari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. 5 nafar xodim esa intizomiy jazoga tortilgan. Shu bilan birga, doimiy yashash joyidan olisda xizmat qilayotgan 14 nafar profilaktika inspektorlari rotatsiya qilingan.

Aytbay Temirxanov - Qoraqalpog‘iston R. IIV  / Foto: IIV Axborot xizmati
Foto: IIV Axborot xizmati
Mavzuga oid
Top