19:23 / 10.04.2021
10006

Istanbulda Erdo‘g‘an va Zelenskiy uchrashuvi boshlandi

Ma'lumot berilishicha, tomonlar Turkiya-Ukraina munosabatlari hamda strategik hamkorlik darajasini qayta ko‘rib chiqish niyatida.

Foto: tccb.gov.tr

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Bu haqda Turkiya prezidentining devonxonasi ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, uchrashuv Huber saroyida bo‘lib o‘tmoqda.

Devonxonaning ma'lumot berishicha, tomonlar Turkiya-Ukraina munosabatlari hamda strategik hamkorlik darajasini qayta ko‘rib chiqish niyatida.

Bundan tashqari, uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinadi. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro masalalar muhokama qilinadi.

Zelenskiy Istanbulga Turkiya va Ukraina o‘rtasidagi yuqori darajali strategik kengash yig‘ilishida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan.

Top