23:11 / 12.04.2021
4387

Merkel pandemiyaning uchinchi to‘lqini Germaniya uchun og‘ir kelganini aytdi

Germaniyada koronavirus yuqtirganlar soni mart boshlarida o‘sa boshladi. Agar dastlab sutkasiga 5 mingdan 11,3 ming nafargacha holat qayd etilgan bo‘lsa, 7 aprelga kelib bu ko‘rsatkich sutkasiga 30,3 mingtaga yetdi.

Foto: Sean Gallup / Getty Images

Koronavirus yuqtirganlar soni judayam ko‘p, intensiv terapiya bo‘limlari yana to‘lmoqda, dedi Germaniya kansleri Angela Merkel.

 «Aytish kerakki, uchinchi to‘lqin biz uchun eng og‘iri bo‘lmoqda», — dedi u Hannoverdagi xalqaro sanoat ko‘rgazmasi ochilishida.

 Merkelning so‘zlariga ko‘ra, emlash «pandemiyaga qarshi eng kuchli qurol» bo‘lib qolmoqda.

 Germaniyada koronavirus yuqtirganlar soni mart boshlarida o‘sa boshladi. Agar dastlab sutkasiga 5 mingdan 11,3 ming nafargacha holat qayd etilgan bo‘lsa, 7 aprelga kelib bu ko‘rsatkich sutkasiga 30,3 mingtaga yetdi.

 Pandemiya boshlanganidan beri mamlakatda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 3 milliondan ortiq holat qayd etildi, 78,5 mingdan ortiq kishi vafot etdi.

 Yevrokomissiya 19 mart kuni Yevropada koronavirusning uchinchi to‘lqini boshlanganini e'lon qilgandi.

Mavzuga oid
Top