11:45 / 12.04.2021
28423

O‘quv yili yakunida maktab o‘quvchilari qaysi fanlardan imtihon topshirishi aytildi

Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida 2020-2021 o‘quv yili yakunida o‘quvchilar qaysi fanlardan imtihonlar topshirishini ma'lum qildi.

Bosh boshqarma matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bular:

  • 5-sinfda 2ta fandan: “Matematika”, “Chet tili”;
  • 6-sinfda 2ta fandan: “Tarix”, “Biologiya” (botanika);
  • 7-sinfda 2ta fandan: “Ona tili va adabiyot” hamda 1ta tanlov fani (tanlov fani sifatida “O‘zbek tili/rus tili”, “Informatika va axborot texnologiyalari”, “Matematika”, “Chet tili” fanlaridan 1tasi tanlanadi);
  • 8-sinfda 2ta fandan: “Chet tili” hamda 1ta tanlov fani (tanlov fani sifatida “Davlat va huquq asoslari”, “Informatika va axborot texnologiyalari”, “Matematika” fanlaridan 1tasi tanlanadi);
  • 9-sinfda 7ta fandan: “Ona tili va adabiyot”, “O‘zbek tili/rus tili” (ta'lim o‘zbek tilidagi maktablar uchun “Rus tili”, ta'lim rus va qardosh tillardagi maktablar uchun “O‘zbek tili”), “Matematika”, “Biologiya”, “Tarix”, “Jismoniy tarbiya” hamda 1ta tanlov fani (tanlov fani sifatida “Informatika va axborot texnologiyalari”, “Chet tili” fanlaridan 1tasi tanlanadi);
  • 10-sinfda 3ta fandan: “Informatika va axborot texnologiyalari”, “Tarix” hamda 1ta tanlov fani (tanlov fani sifatida “Kimyo”, “Biologiya”, “Matematika”, “Geografiya” fanlaridan 1tasi tanlanadi. Bunda, variativ o‘quv reja asosida ta'lim olgan o‘quvchilar ham ushbu tanlov fanlaridan birini tanlaydi);
  • 11-sinfda 5ta fandan: “Ona tili va adabiyot”, “Matematika”, “Chet tili”, “O‘zbek tili/rus tili” (ta'lim o‘zbek tilidagi maktablar uchun “Rus tili”, ta'lim rus va qardosh tillardagi maktablar uchun “O‘zbek tili”) hamda 1ta tanlov fani (tanlov fani sifatida “Kimyo”, “Biologiya”, “Informatika va axborot texnologiyalari”, “Fizika” fanlaridan 1 tasi tanlanadi. Bunda, variativ o‘quv reja asosida ta'lim olgan o‘quvchilar ham ushbu tanlov fanlaridan birini tanlaydi).
Top