Ayni vaqtda prezident ishtirokida yoshlarning bandligi va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha videoselektor o‘tkazilmoqda.
Unda yoshlar bilan ishlashni lozim darajada tashkil etmagani uchun Surxondaryo viloyati hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Begimqulov, Furqat tumani hokimi Dilmurod Soliyev va Ulug‘nor tumani hokimi Maxsudovlar lavozimidan ozod etilgan.
«Joylardagi tuman, shahar hokimlari, sektorlar rahbarlarining dunyoqarashi o‘zgarmayapti. Yoshlar masalasi qanday muhim ekanini tushunmayapti. Yoshlarimizga yordam berib, yelkadosh bo‘lishni xohlamayapti. Nega ayni shu mavzuda yil davomida 2 ta selektor o‘tkazdim? Chunki men ishlarning borishidan mutlaqo noroziman. Joylarda saviya yo‘q. Yoshlar bizdan 10—20 martalab ilgarilab ketgan. Hozirgi zamonga munosib ish qilolmayapmiz. Birorta tashabbus yo‘q. Ko‘p viloyatlar hokimlari bu (yoshlar bilan ishlash) paxta ekish, g‘alla ekishdek deb o‘ylayapti», — dedi davlat rahbari.