07:51 / 13.04.2021
5499

Sudyalar oliy kengashi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining tegishli farmoni bilan Sudyalar oliy kengashi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi.

Xususan:

  • Turg‘unboy Buvayev (bungacha prezident administratsiyasida bosh inspektor lavozimida faoliyat yuritgan);
  • Janagul Balkibayev (bungacha Oliy sud sudyasi lavozimida faoliyat yuritgan);
  • Nodira Boboxonova (bungacha Oliy sud sudyasi lavozimida faoliyat yuritgan);
  • Malikaxon Qalandarova (bungacha Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritgan);
  • Otabek Mirzamahmudov (bungacha Andijon viloyati ma'muriy sudining raisi lavozimida faoliyat yuritgan);
  • Bahrom Sobirov (bungacha prezident administratsiyasida yetakchi inspektor lavozimida faoliyat yuritgan);
  • Vahobjon Fayzullayev (bungacha Samarqand viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimida faoliyat yuritgan);
  • Elza Shamsuddinova (bungacha Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimida faoliyat yuritgan) Sudyalar oliy kengashining doimiy asosda faoliyat yurituvchi a'zolari etib tasdiqlandi.
Top