19:50 / 14.04.2021
5786

Daniya dunyoda birinchi bo‘lib AstraZeneca vaksinasidan foydalanishdan butunlay voz kechdi

Daniya sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Soren Brostrem mamlakatda kasallanish darajasi pastligi va muqobil vaksinalar borligi sababli ushbu vaksinadan voz kechishga qaror qilinganligini aytdi.

Foto: Pixabay

Daniya AstraZeneca kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasidan foydalanishdan butunlay voz kechgan birinchi mamlakat bo‘ldi, deb yozadi Copenhagen Post.

Ushbu qaror mazkur vaksina bilan emlanganlarda tromblar hosil bo‘lishi holatlari bilan izohlanmoqda.

Daniya sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Soren Brostrem mamlakatda kasallanish darajasi pastligi va muqobil vaksinalar borligi sababli ushbu vaksinadan voz kechishga qaror qilinganligini aytdi.

Daniya hukumati shuningdek, Johnson & Johnson vaksinasi bilan emlangandan so‘ng tromblar paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi xabarlardan keyingi vaziyatni ham kuzatmoqda. Daniya ushbu vaksinaga 8,2 mln doza buyurtma bergan va dastlabki partiyasi chorshanba kuni yetib keldi.

Mavzuga oid
Top