21:00 / 14.04.2021
4328

“O‘zkimyosanoat” AJ Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini tatbiq etish bo‘yicha dastlabki yakunlarni e'lon qildi

“O‘zkimyosanoat” AJ Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini tatbiq etish bo‘yicha dastlabki yakunlarni e'lon qildi

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati va jamiyat tizimidagi tarmoq korxonalarining 2019 yil 31 dekabr holatiga ko‘ra konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisoboti Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga (MHXS) muvofiq birinchi yillik moliyaviy hisoboti Xalqaro audit standartlari (XAS) asosida auditi yakunlandi va auditorlik xulosasi olindi.

Kimyo sanoati tarmoq korxonalarida Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini tatbiq etishning ilk qadami tashlangani hamda konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarning MHXSga muvofiq xalqaro audit standartlari asosida auditi xalqaro auditorlik tashkiloti “Grant Thornton” MChJ tomonidan amalga oshirildi.

Bugungi kunda “O‘zkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalari 2020 yil 31 dekabrda yakunlangan moliyaviy yil konsolidatsiyalashgan va alohida moliyaviy hisobotlarining MHXSga muvofiq xalqaro audit standartlari asosida auditini o‘tkazish bo‘yicha texnik topshiriqlar tasdiqlangan bo‘lib, xalqaro katta to‘rtlikka (big four) kiradigan xalqaro auditorlik tashkilotining eng yaxshi tijorat taklifini aniqlash maqsadida davlat xaridlari maxsus portalida tanlov e'lon qilish rejalashtirilmoqda.

Buxgalteriya hisobi milliy standartlaridan (BHMS) Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga (MHXS) o‘tishning afzalliklariga to‘xtalganda, “O‘zkimyosanoat” AJning tarmoq korxonalarida moliyaviy ma'lumotlari shaffofligi ta'minlanishi va xalqaro kredit reytingi olish imkoniyati yaratilishini ta'kidlab o‘tish lozim.

Shuningdek, Xalqaro moliyaviy instrumentlardan samarali foydalangan holda tashqi va ichki moliya bozorlaridan resurslarni to‘g‘ridan to‘g‘ri jalb qilish, bu bilan o‘z navbatida, mahsulot tannarxini maqbullashtirish, natijada raqobatbardosh qiymat hisobiga eksport hajmini oshirish imkoni yaratiladi. Natijada to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalari, xalqaro moliyaviy institutlarning kredit resurslarini qo‘shimcha ta'minotlarsiz (davlat kafolati, bank va xorijiy hamkorlar kafolati) jalb qilish va ularni olish mexanizmi yengillashadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2020 yil 24 fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4611-sonli qaror talablariga muvofiq, 2021 yil 1 yanvardan boshlab “O‘zkimyosanoat” AJ ham tarmoq korxonalarida buxgalteriya hisobining to‘liq MHXS asosida olib borilishini va moliyaviy hisobotlar MHXS asosida tuzilishini inobatga olgan holda, Jamiyat tomonidan 2020 yil sentabr–noyabr oylarida “Sertifikatlangan diplomli buxgalter (ASSA)” dasturi bo‘yicha Toshkent Moliya instituti qoshidagi ASSA Global hamkori International Institute of Finance & Accounting xalqaro o‘quv markazida “Financial Accounting” va “Financial Reporting” seminarlari tashkil etildi.

Seminarlarda Jamiyat va tarmoq korxonalarning buxgalter xodimlaridan 57 nafari muvaffaqiyatli qatnashib, 4 nafar mutaxassis “Financial Reporting”, 19 nafar mutaxassis “Financial Accounting” sertifikatlangan diplomli buxgalter sertifikatiga ega bo‘ldilar. Bir nafar mutaxassis esa ASSA Global 2020 yil dekabr oyidagi sessiyasida imtihonini muvaffaqiyatli topshirib, joriy yilning yanvar oyida “Sertifikatlangan diplomli buxgalter (ASSA)” F7-“Financial Reporting” sertifikatiga ega bo‘ldi, qolgan mutaxassislar 2021 yil iyun oyida ASSA Global imtihon sessiyasida topshirishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, “International Institute of Finance & Accounting” xalqaro o‘quv markazi hamkorligida “Financial Accounting” va “Financial Reporting” seminarlarida muvaffaqiyatli qatnashgan 26 nafar mutaxassis 2021 yil fevral–mart oylarida buxgalteriya hisobining milliy standartlaridan (BHMS) moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga (MHXS) transformatsiya qilish asoslari mavzusida praktikum seminari o‘tkazdi. Ushbu seminarda har bir mutaxassis korxonasi amaliyotida yuritayotgan 1S-Buxgalteriya bazasidan foydalangan holda to‘g‘ridan to‘g‘ri transformatsiya qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ldi.

“O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan kimyo sanoati korxonalarida moliyaviy transformatsiya jarayoni davom ettiriladi.

Sayt: uzkimyosanoat.uz

Instagram: @uzkimyosanoat.uz

Facebook: fb.com/uzkimyosanoat

Telegram: t.me/uzkimyosanoat

Youtube: uzkimyosanoat

“O‘zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati

Mavzuga oid
Top