12:50 / 14.04.2021
4388

Xorazm viloyatida tomorqalardan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusi yil vazifalari

Xorazm viloyatida aholiga ajratilgan tomorqa yer uchastkalarning xatlov yakuni bo‘yicha bugungi kunda 234 ming 191 nafar tomorqa yer egalariga jami 42 ming 25 gektar (shundan 159 ming 402 nafarga 23 ming 237 gektar qo‘shimcha dala tomorqa) ekin yer maydonlari biriktirilib berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 30 yanvardagi “Dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqalaridan yanada samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 53-sonli qaroriga asosan 2020 yil bahorida viloyatdagi dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqalaridagi 33 ming 959 gektar (shundan 10 ming 731 gektar sabzavot ekinlari, 3 ming 15 gektar kartoshka, 1 ming 768 gektar poliz ekinlari, 566 gektar dukkakli ekinlar, 20 gektar moyli ekinlar, 17 ming 859 gektariga boshqa ekinlar) yer maydonlariga qishloq xo‘jaligi ekinlari joylashtirilgan.

Aholi tomorqalariga ektirilgan to‘qsonbosti va ertaki ekinlardan bo‘shaydigan 25 ming 543 gektar tomorqa yer maydonlariga o‘rtaki (takroriy) ekinlar, jumladan  5 ming 659 gektarga sabzavot, 241 gektarga dukkakli, 13 ming 407 gektarga sholi va 6 ming 236 gektarga ozuqa ekinlar ekilgan.

2020 yil hosili uchun 2019 yil kuzda 2602 gektar maydonga piyoz va sarimsoqpiyoz ekinlar ekilgan.

Qilingan hisob-kitoblarga ko‘ra dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqalariga ekilgan ertaki ekinlardan 341 ming 423 tonna, takroriy ekinlardan 203 ming tonna hamda  piyoz va sarimsoq piyoz ekinlardan 43,3 ming  tonna hosil olingan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 21 sentyabrdagi 01-03/1-234-sonli yig‘ilish bayonining ijrosi bo‘yicha 2021 yil hosili uchun joriy yilning avgust-sentyabr oylarida viloyat tumanlarida dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqalarga 3 ming 374 gektar (shundan 2540 gektarga piyoz va 834 gektarga sarimsoq piyoz) maydonida ekinlar ekilgan. Bu yil ekilgan maydon o‘tgan yilga nisbatan 771,5 gektarga ko‘p.

2021 yilda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalarining 38 ming 651 gektariga bahorgi (ertaki) qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilishi belgilab olindi.

Issiqxonalar. 2020 yil yakuniga viloyatda tomorqalarida mavjud jami 159,9 gektar maydonida 20705 dona (shundan 2020 yilning o‘zida 94,4 gektar maydonda 10636 dona) qurilgan yengil konstruksiyali issiqxonalarda 14 ming 147 tonna (shundan 14,5 tonna limon) mahsulotlar yetishtirildi.

Jumladan Urganch tumanidagi Shermatlar mahallasida yashovchi Sh.Xudoyberganov 2018 yilda 10 sotixli tomorqasida limonariya tashkil qilib, 2018-2020 yillarda 24 tonna limon yetishtirilib, “Rus agroxolding” korxonasi orqali, 48 ming AQSh dollari miqdorida eksport qilingan.

Shu bilan birga issiqxonalarda Bog‘ot tumani Nurafshon MFYda, Urganch tumani Adolat MFYlarda issiqxonalardan samarali foydalanib yiliga 2-3 hosil olmoqdalar.

2021 yilda viloyat bo‘yicha 102,5 gektar maydonda yana 11900 dona issiqxona qurish belgilab olindi va shu yo‘nalishda ishlar jadal olib borilmoqda.

“Bir mahalla – bir mahsulot tamoyili” asosida muayyan mahsulot yetishtirishga ixtisoslashtirish orqali mahallalar va tomorqa xizmati korxonalarining kooperatsiyasi yaxshi samara bermoqda.

Ushbu tamoyil asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha bir qancha ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2020 yilda jami 124 mahalla ushbu tamoyil asosida mahsulot yetishtirishga ixtisoslashtirildi.

Ma'lumot uchun: Bog‘ot tumanida 18ta mahalladan 2 mahalla sabzavotchilik, 5 tasi kartoshkachilik, 5 tasi mevachilik yo‘nalishida, Urganch tumanida 6ta mahalladan 2 mahalla sabzavotchilik, 2 tasi kartoshkachilik, Xonqa tumanida 30ta mahalladan 13 mahalla sabzavotchilik, 3 tasi kartoshkachilik, 4 tasi mevachilik yo‘nalishida ixtisoslandi.

Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini tashkil etish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 oktyabrdagi 5199-son Farmonida, fermerlar kengashiga ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini tashkil etish va ularning faoliyatlarini yuritish ustivor vazifa etib belgilangan. Shuningdek mazkur farmonda 2022 yilning 1 yanvaridan boshlab ko‘p tarmoqli faoliyatni yo‘lga qo‘ymagan fermer xo‘jaliklari bilan yer ijara shartnomalari qonun xujjatlariga muvofiq bekor qilinishi belgilab qo‘yilgan.

Farmonda ko‘rsatib o‘tilgan topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida, tuman hokimliklari va tuman fermerlar kengashlari bilan birgalikda, har yili fermer xo‘jaliklarini bosqichma-bosqich ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklariga aylantirilmoqda.

Masalan so‘nggi 3 yil davomida viloyatda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida go‘sht, sut, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, servis xizmat ko‘rsatish chorvachilik loyihalari hamda intensiv bog‘lar yaratishda ijobiy ko‘rsatkichlarga erishildi. Bunga Xiva tumanidagi chorvachilikka ixtisoslashgan “Yuldosh Majid” fermer xo‘jaligini so‘nggi yillarda ko‘p tarmoqli (sutni qayta ishlash, savdo shoxobchasi, non ishlab chiqarish va boshqa) faoliyatlarni yo‘lga qo‘yganligi natijasida “Tashabbus-2018” ko‘rik tanlovining Respublika bosqichi “Yilning Eng Yaxshi Fermeri” nominatsiyasida g‘oliblikni ko‘lga kiritgani yoqqol misol bo‘la oladi.

2020 yilda viloyatda 441 ta fermer xo‘jaliklari ko‘p tarmoqli faoliyatni yo‘lga qo‘yish hisobiga 460 ta loyihalar ishga tushirilib qishloq joylarida qariyb 1 ming 200dan ziyod yangi ishchi o‘rinlar yaratilgan.

Jumladan, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari tomonidan 739 gektar maydonda intensiv bog‘, 138 gektar maydonda yangi tokzor va 12 gektar maydonda issiqxonalar, 3 ta meva-sabzavot, 3 ta sut va go‘sht mahsulotlarini qayta ishlash, 7 ta fermer xo‘jaligida non va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish hamda 9 ta sovitkichli omborxona, shu bilan birgalikda, 57 ta qoramolchilik va parrandachilik, 51 ta baliqchilik va asalarichilik, 17 ta qo‘ychilik, echkichilik va quyonchilik hamda 167 ta servis xizmatlari bo‘yicha loyihalar amalga oshirilgan.

2021 yilda Dasturga asosan viloyatda 560 ta fermer xo‘jaligi 19 ta yo‘nalish bo‘yicha ko‘p tarmoqli faoliyatni boshlash va 566 ta loyiha amalga oshirilishi xamda jami 1210 ta yangi ishchi o‘rin yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Jumladan, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari tomonidan 577 gektar maydonda intensiv bog‘, 184 gektar maydonda yangi tokzor va 4,4 gektar maydonda issiqxonalar barpo etilishi, 4 ta meva-sabzavot, sut va go‘sht mahsulotlarini, 29 ta non va non mahsulotlari va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, 5 ta qurilish materiallari ishlab chiqarish, 14 ta fermer xo‘jaliklarida 3190 tonna hajmda sovitkichli omborxonalar bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Shu bilan birga 87 ta fermer xo‘jaligida qoramolchilik va parrandachilik, 70 ta fermer xo‘jaligida baliqchilik va asalarichilik, 23 ta fermer xo‘jaligida qo‘ychilik, echkichilik va quyonchilik, 1 ta fermer xo‘jaligida bedanachilik hamda 228 ta fermer xo‘jaligida servis xizmatlari bo‘yicha loyihalar amalga oshirilishi mo‘ljallangan.

Dastur ijrosi uchun jami 159 mlrd 946 mln so‘m mablag‘ sarflanishi belgilangan.

Dastur ijrosi bo‘yicha joriy yilning 1-chorak yakuni bo‘yicha viloyatda 154 ta fermer xo‘jaliklari ko‘p tarmoqli (1 ta go‘shtni qayta ishlash, 5 ta 1350 tonna sig‘imli muzlatkich omborxonalar, 2 ta 1,2 gektar issiqxona, 71 ta servis xizmatlari, 6 ta tegirmon tashkil etish, 29 ta 264 gektar intensiv bog‘, 4 ta 96 gektar tokzor, 4 ta 106 bosh qoramolchilik, 4 ta qo‘ychilik, 3 ta asalarichilik, 8 ta parrandachilik) fermer xo‘jaliklariga aylantirildi. Ushbu loyihalar amalga oshirilishi natijasida qo‘shimcha 359 ta yangi ishchi o‘rinlari yaratildi.

Joriy yilning 1 apreliga qadar Dastur doirasida faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklaridan 2822 tasi ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklar onlayn Reyestriga kiritilgan.

Tomorqa xizmati korxonalarini tashkil etish bo‘yicha. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 apreldagi PQ-3680-sonli hamda 2020 yil 30 iyundagi PQ-4767-sonli qarorlari asosida Viloyat hududlarida faoliyatini yo‘lga qo‘ygan “Tomorqa xizmati” MChJlar soni 56 tani tashkil etmoqda.

2020-2021 yillar davomida MChJlar tomonidan 5,5 ming aholi xonadonlari yerlari shudgorlandi, 4,6 ming xonadonga zarur urug‘lik yetkazib berildi, 23,2 ming xonadonga ko‘chat yetkazib berildi (shu jumladan 3,1 ming xonadonga limon ko‘chati) hamda 7 ming xonadonga piyoz va sarimsoqpiyoz urug‘lari yetkazib berildi.

Bundan tashqari, 4,7 ming xonadonga ixcham issiqxona (58 gektar) qurib berildi, 118 ta xonadonga asalari uyalari (0,5 ming ta), 105 ta xonadonga quyon (1051 ta), 50 ming xonadonga kurka (450 ta), 0,7 ming xonadonga parranda (55,3 ming ta), 100 ta xonadonga qoramol (165 bosh) hamda 1,1 ta xonadonga qo‘y (5,2 ming bosh) yetkazib berildi.

Kengash huzuridagi Jamg‘arma mablag‘lari, tijorat banklari imtiyozli kreditlari hamda “Tomorqa xizmati” MChJlar o‘z mablag‘lari hisobidan moddiy texnik bazasi mustahkamlanadi. Jumladan, 32 ta meva-sabzavotlarni saqlash va sovitish omborlari, 12 ta mevani saralash, quritish, qayta ishlash liniyalari ishga tushirildi, 23 ta har xil rusumdagi traktorlar, 74 ta qishloq xo‘jalik agregatlari, 15 ta yuk tashish mashinalari, 141 ta motokultivatorlar va 171 ta kimyoviy ishlov berish apparatlari korxonalar balansiga qo‘shildi.

2018-2021 yillarda 22 ta “Tomorqa xizmati” MChJlarni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun jami 20,9 mlrd.so‘m pul mablag‘lari ajratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2020 yil 6 iyuldagi 02-2031-sonli topshirig‘iga asosan viloyat bo‘yicha jami 103 nafar tashabbuskorlarga “Dala do‘kon”larini qurish uchun yer maydonlari ajratilib ular tomonidan ish faoliyatini boshlagan.

Klaster tashkil qilish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyundagi “Aholi tomorqalaridan foydalanish samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4767 qarori 1-ilovasiga asosan Xorazm viloyatida tomorqachilik klasterini tashkil etish bilan bog‘liq 2 ta “Tomorqa xizmati” korxonalari ro‘yxati tasdiqlangan, jumladan:

1. Gurlan tumanidagi “Maxsud Manzura tomorqa xizmati” MChJ;

2. Yangiariq tumanidagi “Yangiariq tomorqa xizmati” MChJ

Bugungi kunda:

  • Gurlan tumanidagi “Maxsud Manzura tomorqa xizmati” MChJga Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 5000 mln.so‘m kredit ajratilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar jamiyat tomonidan to‘liq o‘zlashtirilgan. Ko‘chatchilik issiqxonasi qurish uchun tuman hokimining 27.07.2020 yil 1941-sonli qarori bilan 1,0 gektar ekin yeri ajratib berildi. Jamiyatda belgilangan 12 ta yo‘nalishdan 7 tasi to‘liq yakunlanib, ish faoliyatini boshlagan, bular ixcham issiqxonalar qurish sexi, texnika parki, 1 gektar ko‘chatchilik issiqxonasi, ISUZU yuk avtomashinasi, urug‘, ko‘chat, o‘g‘it, kimyoviy vositalar sotish do‘koni, 6 ming boshga mo‘ljallangan inkubator hamda sun'iy urug‘lantirish punkti ish boshlagan. Qolgan yo‘nalishlarda ham quriladigan obektlarning to‘liq smeta loyihalari ishlanib, hozirda keng miqyosda qurilish ishlari olib borilmoqda.
  • Yangiariq tumanidagi “Yangiariq tomorqa xizmati” MChJga Jamg‘arma hisobidan 300 mlrd. so‘m kredit ajratilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar jamiyat tomonidan to‘liq o‘zlashtirilgan. Jamiyat negizida tashkil etilgan tomorqa klasterida belgilangan 12 ta yo‘nalishlar ya'ni, 0,5 gektar ko‘chatchilik issiqxonasi, texnika parki, 200 tonnalik yuk saqlash omborxonasi, 110 tonnalik sovitkichli omborxona, yillik quvvat 500 tonna bo‘lgan meva- sabzavot mahsulotlarini quritish uskunasi, sutni qabul qilish punkti, yem ishlab chiqarish liniyasi, 5 ming boshga mo‘ljallangan inkubator, ixcham issiqxonalar qurish sexi, urug‘, ko‘chat, o‘g‘it, kimyoviy vositalar sotish do‘koni, LABO avtomashinasi hamda sun'iy urug‘lantirish punkti to‘liq ishga tushirilgan. 2021 yil 8 fevral kuni viloyat va tuman kengashi xodimlari, viloyat hokimligi mutasaddilari va “O‘zbekiston-24” telekanali ishtirokida ochilishi bo‘lib o‘tdi.

2021 yilda viloyat bo‘yicha qo‘shimcha 2 ta “Tomorqa xizmati” MChJ klasteri tashkil qilinishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu maqsadlarga Jamg‘armadan 6,2 mlrd. so‘m kredit mablag‘lari lozim bo‘ladi. Jumladan, Bog‘ot tumanida “Bog‘ot omad tomorqa xizmati” MChJga 3 mlrd. 200 mln. so‘m, Qo‘shko‘pir tumanidagi “Temur Qolmiq tomorqa xizmati” MChJga 3,0 mlrd.so‘m. Ushbu loyihalar asosida 2021 yilning 1 iyuligacha 12 ta faoliyat turlari to‘liq yo‘lga qo‘yiladi.

Bugungi kunda Jamg‘arma hisobidan Bog‘ot tumanida “Bog‘ot omad tomorqa xizmati” MChJga 3 mlrd. 200 mln. so‘m, Qo‘shko‘pir tumanidagi “Temur Qolmiq tomorqa xizmati” MChJga 3,0 mlrd.so‘m mablag‘lar ajratib berildi va hozirda belgilangan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bandligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar. Xorazm viloyatida 2021 yilda "Ayollar daftari"ga kiritilgan ishsiz ayollarga tomorqadan daromad manbai sifatida foydalanishga ko‘maklashish yuzasidan birinchi bosqichda 1160 nafar xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash ko‘zda tutilgan. Bugungi kunda:

  • yengil konstruksiyali issiqxonalar qurish orqali “ayollar daftari”ga kiritilgan 200 nafar ayollarga bir sotixli issiqxonalar qurib berish orqali bandligi ta'minlandi;
  • ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari, “Tomorqa xizmati” MChJ va “Tomorqa klasterlari”ga ishga qabul qilish hamda “dala do‘konlari” ochish orqali 829 nafar ayollar bandligi ta'minlangan bo‘lib, jumladan, 71 nafari “Tomorqa xizmati” korxonalariga, 758 nafari ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklariga ishga joylashtirildi hamda buyruqlari rasmiylashtirildi;
  • tomorqasida band qilish orqali (asalari, parranda, quyon, intensiv bog‘ va boshqa yo‘nalishlarda) imtiyozli kreditlar ajratish (talabnomalarni shakllantirish, tijorat banklariga taqdim etish) orqali 83 nafar, shundan 82 nafar xotin-qizlarga 5020 dona parranda, shuningdek, Qo‘shko‘pir tumanida 1 nafar ayolga 10 dona quyon “Tomorqa xizmati” MChJlar orqali tarqatildi.

Kengash qoshidagi Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan “Agrobank” ATB orqali 635 nafar ayollarga 3552,4 mln. so‘m, “Xalqbank” ATB orqali 369 nafar ayollarga 2038,2 mln. so‘m, “Mikrokreditbank” ATB orqali 156 nafar ayollarga 862 mln. so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilib, amalda 2021 yil 9 mart kuni “Xalqbank” ATB orqali 369 nafar ayollarga 2038,2 mln. so‘mlik resurs mablag‘i ajratildi.

Artezian quduqlar qazilishi bo‘yicha. Vazirlar Mahqamasining 30.07.2020 yildagi 459-sonli qaror ijrosi yuzasidan viloyatda 469 ta kichik hajmli, 2 ta katta hajmli artezian quduqlar qazilishi bo‘yicha manzilli dastur shakllantirilgan bo‘lib, amalda 29 ta MFYlarda 469 ta kichik hajmli qazilgan quduqlardan 1550 nafar xonadon tomorqasida 127 ga ekin maydoni suv bilan ta'minlandi. Shuningdek, 2021 yil uchun jami 41 nafar talabgor tomonidan 52 ta katta hajmli artezian quduqlar qazilishi belgilangan bo‘lib, qazilgandan keyin 1059 nafar xonadon tomorqasida 271,3 gektar ekin maydoni suv bilan ta'minlanadi.

O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 1 aprelda qabul qilingan “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi hamda “Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining mazmun-mohiyatini targ‘ib qilishga qaratilgan Xonqa tumani va Shovot tumanlarida hududiy seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda, mutasaddi tashkilot rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘ini raisining tomorqa, obodonlashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari va tomorqa yer egalari ishtirok etdilar. Seminar davomida soha mutaxassislari tomonidan dehqon va tomorqa xo‘jaliklarini tashkil etish, yuritish hamda rivojlantirish sohasidagi munosabatlar bo‘yicha batafsil tushuntirish berdilar.

Seminar davomida mazkur qonunlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, har bir mahallada qonunlar targ‘ibotini olib borish bunda deputat va mahalla faollarini ham keng jalb qilish lozimligi alohida e'tirof etildi.

“Ilg‘or fermer”, Mehnatkash dehqon” va “Namunali tomorqachi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlash. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 iyundagi “Ilg‘or fermer”, “Mehnatkash dehqon” va “Namunali tomorqachi” ko‘krak nishonlarini ta'sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3803-sonli qaroriga asosan viloyatda 2018-2020 yillarda jami 74 nafar, shundan:

  • 2018 yilda jami 14 ta nafar (9 tasi “Ilg‘or fermer” va 5 tasi “Namunali tomorqachi”);
  • 2019 yilda 24 ta nafar (12 tasi “Ilg‘or fermer” va 12 tasi “Namunali tomorqachi”);
  • 2020 yilda  36 ta nafar (18 tasi “Ilg‘or fermer” va 18 tasi “Namunali tomorqachi”) ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan;
  • Munosib deb topilgan nomzodlar “Qishloq xo‘jalik xodimi kuni”ga bag‘ishlangan tadbirlarda taqdirlanganlar. 

Bugungi kunda yuqorida qayd qilib o‘tilgan yo‘nalishlar bo‘yicha ishlarni yanada jadallashtirish yuzasidan ishlar olib borilmoqda.

Xorazm viloyati fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Q.Rajabov

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top