21:29 / 15.04.2021
6633

AQSh Vashingtondan 10 nafar rossiyalik diplomatni chiqarib yubormoqda

AQSh Rossiyaning Vashingtondagi diplomatik vakolatxonasida ishlovchi 10 nafar xodimni o‘z hududidan chiqarib yubormoqda. Bu haqda Oq uyda ma'lum qilindi.  

Foto: Stephen Chung / globallookpress.com

«AQSh o‘z hududidan Rossiyaning Vashingtondagi diplomatik vakolatxonasi 10 xodimini chiqarib yubormoqda. Ular orasida Rossiya maxsus xizmatlari vakillari bor», deyilgan xabarda.

Avvalroq AQSh Vashington va Nyu-Yorkdagi rossiyalik diplomatlarni o‘z hududidan chiqarib yubormoqchiligi ma'lum qilingan. Ularga AQSh hududini tark etish uchun 30 kunlik muhlat berilishi aytilgan. 

Bungacha Bloomberg axborot agentligi manbalarga tayanib, Vashington AQShdagi saylovlarga aralashuv va kiberhujumlarga javoban Rossiyaga nisbatan sanksiyalar kiritmoqchiligini ma'lum qilgan.  

Top