23:18 / 16.04.2021
28021

Biz Putinga ortga qaytish uchun «ko‘prikcha» taklif qildik – Oq uy

Avvalroq Bayden Putin bilan telefon orqali muloqotida uni uchrashuv o‘tkazishga taklif qilgandi.

Foto: washingtontimes.com

AQSh prezidenti Jo Baydenning fikricha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik hamkasbi bilan sammit o‘tkazishdan manfaatdor bo‘lishi kerak. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Jyen Psaki aytdi.

«Prezident Rossiya hozirda ko‘plab sohalarda jahon hamjamiyatidan tashqarida qoldi degan fikrda. Hozir «sakkizlik guruhi» emas, «yettilik guruhi» mavjud», — dedi u.

Psakining so‘zlariga ko‘ra, Bayden Putinga ortga qaytish uchun «ko‘prikcha» taklif qilgan.

«Prezident taklif qilayotgan narsa – bu Rossiya qaytishi uchun ko‘prikcha. U bu taklifni qabul qilish Rossiya uchun manfaatli deb hisoblaydi», — deya qo‘shimcha qildi Psaki.

Avvalroq Bayden Putin bilan telefon orqali muloqotida uni uchrashuv o‘tkazishga taklif qilgandi.

Mavzuga oid
Top