21:53 / 16.04.2021
6856

Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 3 milliondan oshdi

 Dunyoda koronavirus pandemiyasi boshidan beri uning qurbonlari soni 3 mlndan oshdi. Ayni vaqtda virusga chalinganlar soni 140 mlnga yetdi. Shu bilan birga, 119 mln kishi virusdan sog‘ayib ketgan.

Foto: Angelo Carconi / EPA / TASS

Koronavirusdan birinchi o‘lim holati rasman 2020 yil 11 yanvarda Xitoyda qayd qilingandi.

 Koronavirusdan bir million o‘lim holati 2020 yil 28 sentyabrda, ikki million o‘lim holati esa 2021 yil 15 yanvarda qayd qilingan. 

 Hozirda virusdan AQShda eng ko‘p odam vafot etgan – 579 ming kishi. Bu borada keyingi o‘rinlarni Braziliya (365 ming o‘lim) va Meksika (211 ming o‘lim) egallamoqda.

 Koronavirus infeksiyasi bilan ilk kasallanish holati 2019 yil dekabr oxirida Xitoyning Uhan shahrida qayd qilingan. 2020 yil 30 yanvarda JSST koronavirus tarqalishini jamoat sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi xalqaro miqyosdagi favqulodda vaziyat, 11 martda esa pandemiya deb e'lon qilgandi.

Top