11:09 / 16.04.2021
1588

Samarqandda ota aliment uchun 51 million so‘m to‘lab berdi

Foto: KUN.UZ

Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida alimentdan qarz bo‘lgan ota 51 million so‘m to‘lab berdi. Bu haqda MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Past Darg‘om tuman sudi qarori bilan fuqaro O.T.dan undiruvchi N.T. foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandi moddiy ta'minoti uchun, daromadining to‘rtdan bir qismi miqdorida aliment va farzandi uch yoshga to‘lguncha moddiy ta'minot undirish belgilangan.

Bu holat bo‘yicha Majburiy ijro byurosi Past Darg‘om tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan. Ammo qarzdor ota anchadan buyon aliment to‘lovlarini to‘lamasdan kelgan.

Shundan so‘ng MIB Past Darg‘om tumani bo‘limi xodimlari qarzdor O.T. bilan tushuntirish ishlari o‘tkazgan.

Tushuntirishlardan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqargan qarzdor ota shu kuni farzandi ta'minotini o‘ylab, 7 yillik aliment puli bo‘lgan 44 million 580 ming so‘m, moddiy ta'minot uchun 6 million 725 ming so‘m – jami 51 million 300 ming so‘m pulni to‘lab bergan.

Top