08:57 / 16.04.2021
5126

Toshkentning Sergeli tumanidagi polietilen korxonasida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Joriy yilning 15 aprel kuni Toshkent shahri Sergeli tumanidagi polietilen mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasida yirik yong‘in kelib chiqqan. 

FVV matbuot xizmatining xabar qilishicha, ushbu xabar FVV navbatchilik qismiga 15 aprel kuni soat 23:08 da kelib tushadi. Hodisa joyiga 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘in korxonaning 1000 kv. maydonini qurshab olgan.

Taxminan 00:10 da yong‘in qurshab, nazoratga olingan, 02:05 da to‘liq bartaraf etilgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q. Yong‘inning kelib chiqish sabablari va ko‘rilgan moddiy zarar miqdori mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 aprel kuni Chilonzordagi oziq-ovqat do‘koni va tikuvchilik sexida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Undan avvalroq Toshkent va Zangiotadagi ishlab chiqarish sexlarida ham yong‘in kelib chiqqandi.

Top