21:49 / 17.04.2021
22789

Bosh vazir karantinda ham majlisbozlik to‘xtamayotganini tanqid qildi

O‘zbekistonda epidemiologik vaziyat yomonlashayotgani bois chaqirilgan Respublika maxsus komissiyasi yig‘ilishida bosh vazir, komissiya raisi Abdulla Aripov majlisbozliklar to‘xtamayotganini tanqid qildi.

«Bir necha bor ta'kidlanganiga qaramay, davlat organlari va tashkilotlarida majlis va yig‘ilishlar yopiq zallarda 2-3 soatlab o‘tkazilishi afsuski davom etyapti. Vaholanki, prezidentimiz aytganlar, 45 minutdan ko‘p majlis qilmalaring, tez-tez gapiradigan gapingni gapirgin-da, borib ishlaringni qillaring, deganlar.

Yo‘q... Albatta, kimdir chiqib va'zxonlik qilishi kerak!» – dedi Abdulla Aripov.

Hukumat rahbari to‘ylar masalasiga ham to‘xtaldi.

«To‘ylarda 100 kishilik cheklovga umuman amal qilinmayapti. Kechirasizlar-ku, to‘ylar 200-300 kishilik bo‘lib ketdi. Davlat boshqaruvi idoralarida rahbar lavozimlarida ishlaydiganlarning o‘zlari ham shunday to‘y qilyapti. Kerak bo‘lsa, shu sabab bilan lavozimidan ketadi», – dedi u.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top