11:03 / 17.04.2021
81273

«Shunchalik ham befarq bo‘lish mumkinmi? Kechirasizlar-ku, odam yoqasini ushlaydi» - Aripov 

Bugun, 17 aprel kuni bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida koronavirusga qarshi kurash komissiyasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.

“Kasallanish holatlarining oshishi, birinchi navbatda, oddiy ehtiyot choralariga rioya qilmaslik, ya'ni tibbiy niqobdan foydalanmaslik, ijtimoiy masofani saqlamaslik oqibatida yuz beryapti. Ko‘chaga chiqsangiz, xuddi kasallikni yengib bo‘ldik, kasallikdan qutuldik, u endi boshqa yerga qarab ketdi, degan noto‘g‘ri fikrda yurgan fuqarolar borgan sari ko‘payib boryapti. 

Hududlarga bo‘lgan tashrifda yoki Toshkent shahrida mahallabay amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish uchun tashkillashtirilgan monitoring tadbirlarida o‘zim ko‘rib hayron bo‘lib qoldim. O‘zimiz ham tibbiy niqob taqib bordik, ammo u yerda yurgan biron kishi tibbiy niqob taqib yurganini ko‘rmadim. Shunchalik ham befarq bo‘lish mumkinmi? Kechirasizlar-ku, odam yoqasini ushlaydi. Bu kasallik xuddi elektr tokiga o‘xshaydi, hidi ham, rangi ham, mazasi ham yo‘q, odamni ham tanlab o‘tirmaydi”, dedi Abdulla Aripov.

Bundan oldin, 18 apreldan karantin qoidalari kuchaytirilishi xabar qilingandi

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top