09:09 / 20.04.2021
19181

AQSh elchisi Rossiyani tark etishdan bosh tortmoqda – OAV  

Foto: Reuters

AQShning Rossiyadagi elchisi Jon Sallivan rasmiy Moskva unga  maslahatlashuvlar uchun Vashingtonga ketishini tavsiya qilganiga qaramay, Rossiyani tark etishdan bosh tortdi. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib Axios nashri xabar berdi.  

16 aprel kuni Rossiya tashqi ishlar vazirligi AQShning sanksiyalariga javoban 10 nafar amerikalik diplomatni chiqarib yuborishini va Sallivanga «uyga maslahatlashuvlar uchun qaytish»ni tavsiya qilgan. Mohiyatan bu Rossiya AQSh elchisini o‘z hududidan chiqarib yuborishini anglatadi.  

Axios’ning xabar berishicha, ushbu tavsiyalarga qaramasdan, Sallivan Moskvada o‘z ishini davom ettirmoqda. Manbalarning ta'kidlashicha, AQSh elchisi Rossiya rasmiylari uni majbur qilmaguncha Rossiyani tark etish istagida emas. 

Rossiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar AQSh prezidenti Jo Baydenning mart oyidagi intervyusidan keyin taranglashdi. Bayden o‘sha intervyuda Rossiya prezidenti Vladimir Putinni «qotil» deb hisoblashini va Moskva AQShdagi saylovlarga aralashuv uchun «katta haq to‘lashini» aytgan. Shundan keyin Rossiyaning Vashingtondagi elchisi Anatoliy Antonov ortga chaqirtirib olingan. 

Mavzuga oid
Top