10:19 / 20.04.2021
16085

Uch oy davomida eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil nomi aytildi

O‘zbekistonda uch oy ichida avtomobil ishlab chiqarish sanoatida eng ko‘p “Cobalt” ishlab chiqarildi.

Foto: UzAuto Motors

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2021 yilning yanvar-mart oylarida 12 682 dona “Cobalt” ishlab chiqarilgan.

2021 yilning yanvar-mart oylarida ishlab chiqarilgan avtomobillar soni quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • “Cobalt” - 12 682 dona; 
  • “Damas” - 12 051 dona;  
  • “Lacetti-Gentra” - 8 399 dona;
  • “Nexia T-250” - 6 958 dona; 
  • “Labo” - 2 564 dona;
  • “Spark” - 1 800 dona.
Top