23:31 / 21.04.2021
21621

Chexiya Rossiyaga ultimatum qo‘ydi

Chexiya tashqi ishlar vaziri Yakub Kulganek Moskvani bu talabni 22 aprel soat 12:00gacha bajarishga chaqirdi.

Chexiya / Foto: RIA Novosti

Chexiya Rossiyaga ultimatum qo‘ydi: Moskvadan Rossiyadan chiqarib yuborilgan barcha diplomatlarni ortga qaytarish talab qilinmoqda.

Chexiya tashqi ishlar vaziri Yakub Kulganek Moskvani bu talabni 22 aprel soat 12:00gacha bajarishga chaqirdi. Aks holda Praga rossiyalik boshqa diplomatlarni chiqarib yuborishga va'da bergan.

Avvalroq Chexiya Rossiya maxsus xizmatlarini 2014 yilda o‘q-dori omborxonasidagi portlashga aloqadorlikda gumonlab, rossiyalik 18 nafar diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qilgandi.

Bundan tashqari, Chexiya hukumati «Rosatom»ni Dukovani atom elektr stansiyasining yangi energiya bloki qurilishi bo‘yicha tenderdan chiqarib yuborishini ma'lum qildi.

Bunga javoban Rossiya tashqi ishlar vazirligi 20 nafar chexiyalik diplomatni «persona non grata» deb e'lon qildi.

Mavzuga oid
Top