08:03 / 21.04.2021
3325

Farg‘ona politexnika instituti mansabdor shaxslari salkam 80 mln so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi

Farg‘ona viloyat prokuraturasi axborot xizmatining Kun.uz muxbiriga ma'lum qilishicha, soha xodimlari tomonidan Farg‘ona politexnika institutida ta'lim, budjet va mehnat qonunchiligi ijrosi ahvoli o‘rganilgan.

Qayd qilinishicha, Farg‘ona politexnika instituti mansabdor shaxslari 2019-2020 yillar davomida 600 mln so‘mdan ortiq, juda ko‘p miqdorda budjet va smeta-shtat intizomi buzilishiga yo‘l qo‘yib, o‘zlariga ishonib topshirilgan 79,5 mln so‘m budjet mablag‘larini rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan 16.03.2021 yilda viloyat prokuraturasi tomonidan JKning 184-1-moddasi 2-qismi, 167-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, o‘rganish davomida qonunchilikka zid ravishda qabul qilingan hujjatlarga nisbatan 9ta protest keltirilgan, 9 nafar mansabdor va mas'ul xodimga nisbatan intizomiy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilgan.

Qonun buzilishi, uning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan kiritilgan taqdimnoma 09.04.2021 yilda viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i K.Alixo‘jayev ishtirokida institutning barcha professor-o‘qituvchilari, pedagog xodimlarining kengaytirilgan yig‘ilishida muhokama qilingan. 

Mavzuga oid
Top