16:18 / 23.04.2021
8268

Sud tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Foto: KUN.UZ

Kuni kecha bo‘lib o‘tgan Sudyalar oliy kengashi yig‘ilishida vakolat muddati yakuniga yetgan 3 nafar sudyani yangi muddatga, shuningdek yana 3 nafar nomzodni sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga tayinlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, vakolati yakuniga yetgan uch nafar sudyaning ikki nafari navbatdagi 10 yillik muddatga tayinlandi, bir nafari zaxirada qoldirildi. Sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi 5 yillik muddati uchun hujjat topshirgan uch nafar nomzodning faqat bittasiga ishonch bildirildi. Omadi chopmaganlarning biri zaxiraga qoldirilgan bo‘lsa, ikkinchisi sudyalikka noloyiq deb topildi.

Shu tariqa, sud tizimidagi yangi tayinlovlar quyidagicha ko‘rinish oldi: 

  • Jamshid Husaynov - sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi 10 yillik muddatiga Qashqadaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimiga;
  • Bahodir Jo‘rayev - sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi 10 yillik, shundan 5 yil muddatga Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Quyi Chirchiq tuman sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

Birinchi 5 yil muddatga tayinlangan Ikromjon Qurbonboyev kechadan Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining sudyasi lavozimida ish boshladi.

Bundan oldin, 11 nafar sudya intizomiy javobgarlikka tortilishi xabar qilingandi

Mavzuga oid
Top