10:10 / 24.04.2021
51367

Koronavirus: O‘zbekistonda 2021 yilgi antirekord yangilandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi kecha mamlakatimizda qariyb 400 nafar fuqaroda koronavirus bilan kasallanish qayd etilgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 23 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 88 679 (+399) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Bu kunlik kasallanish ko‘rsatkichi bo‘yicha 2021 yilning eng yuqori ko‘rsatkichidir. Bundan avvalgi antirekord 22 aprel kuni qayd etilgan, o‘shanda 384 kishida COVID-19 tasdiqlangandi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 4 nafari Andijon viloyatida,
  • 2 nafari Buxoro viloyatida,
  • 9 nafari Jizzax viloyatida,
  • 3 nafari Navoiy viloyatida,
  • 6 nafari Namangan viloyatida,
  • 54 nafari Samarqand viloyatida,
  • 8 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 5 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 1 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 2 nafari Xorazm viloyatida,
  • 83 nafari Toshkent viloyatida,
  • 217 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 nafar,
  • Buxoro viloyatida 7 nafar,
  • Jizzax viloyatida 15 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 2 nafar,
  • Namangan viloyatida 6 nafar,
  • Samarqand viloyatida 41 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 6 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 6 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 1 nafar,
  • Xorazm viloyatida 6 nafar,
  • Toshkent viloyatida 51 nafar,
  • Toshkent shahrida 162 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 85536 (+304) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 642 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2501 nafar bemordan 238 nafari og‘ir, 113 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top