08:36 / 26.04.2021
2954

Furqatlik sportchi qiz yoshlar o‘rtasida o‘tgan jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi

Foto: KUN.UZ

Furqat tumanida tug‘ilib voyaga yetgan Mohinabonu Abdullayeva Polshaning Kelse shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Farg‘ona viloyatining Furqat tumanida istiqomat qiluvchi bokschi qiz Mohinabonu Abdullayeva Polshaning Kelse shahrida o‘tkazilgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 64 kilogrammlik vaznda barcha raqiblaridan ustun kelgan Mohinabonu finalda rossiyalik bokschi Azaliya Amineva bilan ringga chiqib, o‘z vazn toifasida ikkinchi o‘rinni egalladi va kumush medal sohibasi bo‘ldi.

Furqat tumanining Shoyimbek shaharchasida Mohinabonu Abdullayevani kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Furqat tumani hokimi Jahongir Jumanov chempion qiz bilan faxrlanishini bildirib, uning kelgusidagi faoliyatiga omad tiladi. 

«Barchasi hayajonli o‘tdi. Men uddalaganimga hamon ishonmayapman. Ustozlarim va yaqinlarim yuzini yurug‘ qilganimdan mamnunman», — deydi sportchi qiz  Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.

Mavzuga oid
Top