20:48 / 27.04.2021
16513

Koronavirusning hindcha shtammi antitanalarga chidamli ekani ma'lum bo‘ldi

Hozirda mamlakatda har to‘rt kunda bir millionga yaqin kishida kasallik aniqlanmoqda.

Foto: AP Photo

Koronavirusning Hindistonda aniqlangan mutatsiyalari yangi shtammning o‘ta yuqumli va antitanalarga chidamli ekanini ko‘rsatmoqda, deb ma'lum qildi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti.

Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, mutatsiyalar antitanalar bilan davolash samaradorligiga ta'sir ko‘rsatadi va ularning ijobiy ta'sirini yo‘qotadi. Qayd etilishicha, yangi shtamm, shuningdek, kasallikni tez chaqirish va o‘limga olib kelish xususiyatiga ega.

JSST virusning tez o‘zgarishi sabablarini o‘rganmoqda. Ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi asosiy omillardan biri deb hisoblanmoqda. 

26 aprel kuni Hindiston sog‘liqni saqlash vazirligi bir sutkada 349,6 ming kishida koronavirus aniqlanganini ma'lum qildi. Hozirda mamlakatda har to‘rt kunda bir millionga yaqin kishida kasallik aniqlanmoqda.

24 mart kuni Hindistonda koronavirusning qo‘shaloq mutatsiyaga ega yangi shtammi aniqlangandi.

Top