08:54 / 27.04.2021
2014

Toshkent viloyatida tog‘ga chiqib, pastga tusha olmagan fuqarolarga yordam ko‘rsatildi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida 3 nafar fuqaroga tog‘dan eson-omon pastga tushib olishlariga yordam ko‘rsatildi.

Joriy yilning 26 aprel kuni soat 17:10da Toshkent viloyati Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, Bo‘stonliq tumani Chimyon dam olish hududida uch nafar fuqaro sayr qilish uchun tog‘ning baland cho‘qqisiga chiqib, pastga tusha olmayotganliklarini ma'lum qilgan va yordam so‘ragan.

Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, fuqarolarni dengiz sathidan 2200 metr bo‘lgan balandlikdan sog‘-salomat olib tushishga muvaffaq bo‘lgan.

Top