07:58 / 27.04.2021
3616

YeXHT Inson huquqlari bo‘yicha byurosi direktori O‘zbekistonga kelmoqda

Matteo Mekachchi /Foto: Reuters

Tashqi ishlar vazirligi YeXHT DIIHB delegatsiyasining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi to‘g‘risida ma'lumot berdi.

2021 yilning 27 aprel – 1 may kunlari YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) direktori Matteo Mekachchi boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

Tashrif dasturidan Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, Markaziy saylov komissiyasi, Oliy sud, Tashqi ishlar vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz va boshqa vazirlik hamda idoralarda uchrashuvlar o‘tkazish o‘rin olgani aytiladi.

Bundan oldin, YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori o‘zgarayotgani xabar qilingandi

Top