19:48 / 28.04.2021
8066

Navoiyda 3 yoshli farzandini 60 million so‘mga sotayotgan ayol ushlandi

Navoiy viloyati Uchquduq tumanida 3 yoshli farzandini sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX hamda IIB Uchquduq tumani bo‘limlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro D.B. (ayol) 2018 yilda tug‘ilgan qiz farzandini fuqaro I.ga 60 mln so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan D.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top