16:06 / 29.04.2021
14210

Prezident Turkmanistonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 aprel kuni amaliy tashrif bilan Ashxobodga jo‘nab ketdi.

Tashrif dasturida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Ashxoboddagi “Turkmanboshi ruhi” majmuasida xotira tadbiri bo‘lib o‘tadi.

Top