16:32 / 29.04.2021
2385

“Shu kungacha 1 349 nafar aholi COVID-19'ga qarshi emlandi” - 5-oilaviy poliklinika bosh shifokori

Foto: KUN.UZ

Bugungi kunda Respublika miqyosida COVID-19'ga qarshi keng qamrovli vaksinatsiya jarayonlari olib borilmoqda. Farg‘ona shahridagi 5-oilaviy poliklinikada ham aholini emlash ishlari davom etmoqda. Kun.uz muxbiri mazkur poliklinikada bo‘lib, jarayon bilan tanishdi. 

“Vaksinatsiyaning birinchi bosqichi 1 apreldan boshlangan bo‘lsa, shu kungacha 1 349 nafar aholi emlandi. Bulardan  1300 tasi AstraZeneca turidan, 49 tasi  O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma ishlab chiqarilgan  vaksinasi bilan emlandi. 

Vaksinatsiya boshlangandan buyon vaziyatni to‘g‘ri tushungan holda  aholi bu jarayonda faol ishtirok etib kelmoqda. 65 yoshdan yuqori bo‘lgan aholi o‘rtasida shu kungacha birorta nojo‘ya holat sezganimiz yo‘q. Vaksina olgan fuqarolar 3 kun muddat ichida patronaj hamshira va vrachlar nazorati ostida bo‘lishadi. 

Shu kungacha biz 65 yoshdan yuqori fuqarolar hamda tibbiyot xodimlarini emlagan bo‘lsak, 28 apreldan boshlab, barcha 18 yoshdan yuqori bo‘lgan aholi va dispanser nazoratida bo‘lganlarni ham emlash boshlandi.” - deydi Kun.uz muxbiri bilan suhbatda  Farg‘ona shahridagi 5-oilaviy poliklinika bosh shifokori Feruzaxon Madaliyeva.

Top