22:48 / 29.04.2021
5628

Singapur va Tailand dunyoda birinchi bo‘lib tezkor to‘lovlar transchegaraviy tizimini ishga tushirdi

Singapur pul-kredit boshqarmasi va Tailand banki dunyodagi birinchi tezkor to‘lovlar transchegaraviy tizimini ishga tushirganini e'lon qildi. Endilikda Singapur va Tailand fuqarolari o‘zlari mustaqil ravishda ikki davlat o‘rtasida o‘tkazmalar amalga oshira oladilar.

Foto: Mussharenews.com

Ta'kidlanishicha, Singapurning PayNow va Tailandning PromptPay tizimlari mobil telefon raqamiga kuniga 1000 Singapur dollarigacha (755 dollar) mablag‘ o‘tkazish imkonini beradi. «Bunda komissiya to‘lovi o‘tkazmaning qiymatiga qarab uning 3–5 foizini tashkil qilishi mumkin. Bu pul o‘tkazish xizmatlari uchun amaldagi o‘rtamiyona haq – 11 foizdan ancha kamroqdir», deb ta'kidlab o‘tilgan xabarda.

Ma'lum qilinishicha, pul o‘tkazish uchun mablag‘ oluvchining to‘liq ismi-sharifi, bank rekvizitlarini ko‘rsatishga hojat bo‘lmaydi. Buning uchun uning mobil telefonini ko‘rsatish yetarli bo‘ladi. O‘tkazmalar mobil dastur orqali amalga oshiriladi.

Mavzuga oid
Top