10:44 / 29.04.2021
12719

Toshkentda YTHga uchragan «Lasetti» haydovchisi voqea joyida vafot etdi

Joriy yil 29 aprel kuni soat 00:10larda Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasida haydovchi, 1996 yilda tug‘ilgan J.R. "Lasetti" rusumli avtomobilda harakatlanayotib, ushbu ko‘chada joylashgan 107-uy ro‘parasiga yetgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘ldan chiqib ketib daraxtga urilgan.

Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada haydovchi, 25 yoshli J.R. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB TB tomonidan tergovga qadar dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. 

“Barcha haydovchilardan yo‘llarda ehtiyotkor bo‘lishni, tezlik me'yori, yo‘l belgilari va chiziqlari talablariga rioya qilishni so‘raymiz”, deyiladi ma'lumotda.

Top