29 aprel kuni Turkmanistonda bo‘lib qaytgan prezident Shavkat Mirziyoyev hamkasbi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan «Turkmanboshi ruhi» masjidiga ham tashrif buyurdi.
Masjidda Turkmaniston prezidentining marhum otasi haqiga Qur'on tilovat qilindi.
Davlat rahbarlari, shuningdek, iftorlikda ham qatnashdi.