10:05 / 30.04.2021
17768

Toshkent shahar aholisi soni 2,7 mln kishidan oshdi. Uch oyda qariyb 4 ming kishi vafot etgan

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahar doimiy aholisi soni 2021 yil 1 aprel holatiga 2,71 mln kishini tashkil etib, 2020 yilning yanvar-mart oylarida 21,8 ming kishiga yoki 0,8 foizga o‘sgan

Toshkent shahar Statistika boshqarmasi ma'lumotiga ko‘ra, 2021 yil yanvar-mart oylarida tug‘ilganlar 13,3 ming bola, vafot etganlar 3,9 ming kishini tashkil qildi.

Poytaxtning FHDYo bo‘limlarida 2021 yil 1 aprel holatiga 4,7 mingta nikoh, 1,3 mingta ajralishlar ro‘yxatga olindi.

Avvalroq, O‘zbekistonning doimiy aholisi qariyb 34,7 millionga yetgani xabar qilingandi.

2021 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 34 695 600 kishini tashkil etdi. Aholi soni yil boshidan buyon 136 700 kishiga yoki 0,4 foizga ko‘paygan.

Mavzuga oid
Top