18:33 / 01.05.2021
18197

Agrobank: yana bir katta loyiha – “Fermerlar maktabi”ga qabul boshlandi

Fermerlar maktabi – Agrobank tashabbusi bilan yaratilgan O‘zbekistondagi ilk qishloq xo‘jaligida zamonaviy bilim va malaka beradigan yangicha o‘quv dasturidir.

Bunda tinglovchilar qishloq xo‘jaligida tadbirkorlik faoliyatini boshlash, joriy biznesini zamonaviy asosda tashkil etish bo‘yicha mahorat darslarini o‘taydilar.

Qishloq xo‘jaligida hosildorlikni oshirish sirlari, mo‘l hosil olish uchun urug‘ va o‘g‘itlarni tanlash, chorva mollarini parvarishlash, samarali biznes reja tuzish asoslari, yetishtirilgan mahsulotlarni zamonaviy marketing usullari orqali sotishni o‘rganish kabi ham amaliy, ham nazariy bilimlar aynan shu yerda o‘rgatiladi.

Darslar jahon standartlariga to‘laligicha javob beradigan o‘quv auditoriyalarida qishloq xo‘jaligida tajribaga ega o‘qituvchilar va ilmiy mutaxassislar, muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar, biznes yo‘nalishlar bo‘yicha trener hamda bank mutaxassislari ishtirokida o‘tkaziladi. 

Ushbu o‘quv dasturi qishloq xo‘jaligida ilk zamonaviy dastur sifatida Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Toshkent davlat agrar universiteti va Andijon agrotexnologiyalar institutlari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Ta'lim yo‘nalishlari – chorvachilik, parrandachilik, sabzavot va polizchilik, issiqxona xo‘jaligi hamda biznes, moliya va huquqiy savodxonlik darslari. O‘qish dasturi esa ham nazariy, ham amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratiladi. Amaliy darslar tajriba uchastkalari va yirik qishloq xo‘jaligi korxonalarida o‘tiladi.

Fermerlar maktabi bir paytning o‘zida respublikamizning 5 ta hududida (Toshkent, Andijon, Samarqand, Termiz va Nukus shaharlarida) tinglovchilarga yagona standartlashgan ta'lim dasturini taqdim etadi. Ta'lim olish bilan bog‘liq barcha xarajatlar Agrobank tomonidan moliyalashtiriladi.

Quyidagi manzillar orqali fermerlar maktabida o‘qish haqida batafsil ma'lumot olishingiz va o‘qish uchun so‘rovnoma to‘ldirishingiz mumkin.

Shoshiling, tinglovchilar qabul soni cheklangan!

Fermerlar maktabi – imkoniyatlar zamini!

Sayt: fermermaktab.uz

Telegram: @fermerlar_maktabi_bot

Telefon: +99895 500-80-10, +99895 500-80-01

“Fermerlar maktabi” uchun ishlab chiqilgan ijtimoiy videorolikni quyida ko‘rishingiz mumkin.

 

“Agrobank” ATB Matbuot xizmati

Top