07:54 / 01.05.2021
3346

Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi 

Foto: KUN.UZ

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

Qayd etilishicha, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ertalab beqarorlik saqlanib turadi, ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 25-30 daraja issiq atrofida saqlanib turadi.

Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo 26-28 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top