14:20 / 01.05.2021
7963

O‘zbekistonda aprel oyi uchun inflatsiya darajasi e'lon qilindi 

Foto: Fotolia

2021 yil aprelida iste'mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 1,5 foizga qimmatlashdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Joriy yil boshidan narxlar o‘sishi 4,1 foizni tashkil etib, o‘rtacha oylik ko‘rsatkichi 1,0 foizga teng bo‘ldi. Yillik nisbatda iste'mol narxlari indeksi (INI) o‘sish sur'ati 10,7 foizga yetdi.

2020 yil aprel oyida tovarlar va xizmatlar oy davomida o‘rtacha 1,7 foizga qimmatlashgan. 2020 yilning yanvar-aprelida umumiy INI o‘sish darajasi 4,5 foizni, o‘rtacha oylik o‘sish darajasi 1,1 foizni tashkil etgan. 2020 yil aprelda yillik umumiy INI 14,5 foizga yetgan.

2021 yilning aprel oyida qisqa muddatli umumiy INI o‘tgan yilning aprel oyidagi ko‘rsatkichdan 0,2 foiz bandga past va 2019 yil aprel oyidagi ko‘rsatkichdan 0,6 foiz bandga baland bo‘ldi. 

2021 yil aprel oyidagi yillik nisbatdagi umumiy INI (o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan) 2020 yilning aprel oyidagi ko‘rsatkichdan 3,8 foiz bandga va 2019 yil aprel oyidagi ko‘rsatkichdan 3,0 foiz bandga past bo‘ldi. 2021 yil yanvar-apreldagi ko‘rsatkich (o‘tgan yilning dekabriga nisbatan) o‘tgan yilning yanvar-aprelidagi mos ko‘rsatkichdan 0,4 foiz bandga va 2019 yilning mos davridagi ko‘rsatkichdan 1,2 foiz bandga past bo‘ldi.

2021 yilning yanvar-aprelida oziq-ovqat mahsulotlari 6,2 foizga qimmatlashib, 2020 yil mos davridagi ko‘rsatkichdan 1,5 foiz bandga va 2019 yildagi mos ko‘rsatkichdan 1,2 foiz bandga past bo‘ldi.

2020 yilning dekabriga nisbatan nooziq-ovqat mahsulotlar 2,1 foizga qimmatlashib, o‘tgan yilning mos ko‘rsatkichidan 0,3 foiz bandga va 2019- yildagi mos ko‘rsatkichdan 1,8 foiz bandga past bo‘ldi.

Top