17:34 / 02.05.2021
20426

Video: Shomurodov «Jyenoa» safida navbatdagi golini urdi

Italiya A Seriyasi 34-turi doirasida «Jyenoa» Rimda «Latsio» mehmoni bo‘ldi.

Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushgan bahs shiddatli va gollarga boy o‘tdi. 7ta gol kuzatilgan «Olimpiko» stadionidagi o‘yinda «Latsio» Genuya klubini 4:3 hisobida mag‘lub etdi.

O‘yin davomida mehmonlar safidagi eng faol o‘yinchilardan biri bo‘lgan Eldor Shomurodov 81-daqiqada jarima maydoniga yorib kirib, hisobni 4:3ga yetkazdi. Ammo bu gol mehmonlarni mag‘lubiyatdan qutqarib qololmadi.

Qayd etish joiz, Eldor Shomurodov Rimdagi goli bilan ketma-ket 2-o‘yindagi 2-golini kiritdi. Bu uning A Seriyadagi 5-goliga aylandi.

G‘alaba evaziga «Latsio» ochkolari sonini 64taga yetkazib, 5-o‘rindagi «Yuventus» bilan farqni 2 ochkogacha qisqartirdi. «Jyenoa» esa 36 ochko bilan 13-o‘rinda qoldi.

A Seriya. 34-tur
Latsio – Jyenoa 4:3
Gollar
: 1:0 – 30 Korrea, 2:0 – 43, penalti Immobile, 2:1 – 47, avtogol Marushich, 3:1 – 48 Luis Alberto, 4:1 – 56 Korrea, 4:2 – 80, penalti Skamakka, 4:3 – 81 Shomurodov.
Latsio – Reyna, Latssari, Xudt, Radu, Marushich, Leyva (Kataldi, 57), Luis Alberto (Parolo, 82), Milinkovich-Savich (Akpa-Akpro, 82), Lulich (Fares, 67), Korrea (Pereyra, 83), Immobile.
Jyenoa – Perin, Goldaniga, Masello, Biraski, Dzappakosta (Kassata, 69), Zayts (Pyatsa, 46), Radovanovich (Gilone, 46), Strotman (Rovella, 52), Badel, Eldor Shomurodov, Destro (Skamakka, 46).

Top