17:01 / 03.05.2021
4643

«Baliqlarni yeyish va sotish mumkin emas, bu - vasiyat» - kosonsoylik baliqchi bilan suhbat

Odatda, hovuzlarda parvarish qilinadigan baliqlar iste'mol uchun boqiladi. Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida esa bir otaxonning vasiyatiga ko‘ra, 40 yildan oshiqroq vaqtdan beri baliqlar saqlanmoqda.

Otaning nabirasi Davronbek Sultonovning aytishicha, ushbu baliq ko‘li taxminan 1952 yillarda tashkil etilgan. 

«Bobomiz Sultonmahmud Fozilov chakalakzorni tozalab, qo‘lda mana shu hovuzni kovlagan va o‘shandan beri bu yerda baliq boqiladi. Men hozir uchinchi avlod vakiliman. Bobomiz baliqlarni yemaysan, sotmaysan deb vasiyat qilib ketgan, shu vasiyatga ko‘ra, mana parvarish qilib kelyapmiz», — deydi Davronbek Sultonov.

Akaning so‘zlariga ko‘ra, hovuzda baliqning sazan turi parvarish qilinadi. Hozirda bu yerda 100 kilodan ortiq baliqlar bor, ularning eng kattasi 6—7 kilogacha, uzunligi esa 1 metr atrofida.

Top