20:00 / 04.05.2021
4454
Reklama

GROSS INSURANCE sug‘urta kompaniyasi barqaror o‘sish sur'atlarini namoyon qilmoqda

Foto: Gross Insurance

Sug‘urta O‘zbekiston bozorini tobora ko‘proq qamrab olmoqda, bu aholining umumiy saviyasi o‘sganligidan va sug‘urta dasturlari hammabop ekanligidan kelib chiqadi. Gross Insurance kompaniyasi turfa ehtiyojlarni qanoatlantiradigan innovatsion xizmat ko‘rsatilishi borasida faoliyatni kun sayin takomillashtirgan holda jismoniy shaxslarga ham, yirik va o‘rta biznes tuzilmalariga ham zamonaviy hamda dolzarb bo‘lgan sug‘urta mahsulotlarini taqdim etadi.

Joriy yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, biz ishonch bilan o‘sish sur'atlarining oshganligini baralla  ayta olamiz. Korporativ sektorda faol ishlash va sug‘urta xizmatlarini rivojlantirish natijasida 2021 yilning birinchi choragida o‘tgan yilning aynan shu davriga nisbatan 124 foiz o‘sishni namoyon qilgan holda 53 mlrd so‘m miqdorda sug‘urta mukofotlari yig‘ildi.

Tuzilgan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha qabul qilingan sug‘urta majburiyatlari 35 trln so‘mni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning aynan shu davriga nisbatan taqqoslanganda 61 foizga oshgan.

2021 yilning birinchi choragida kompaniya jismoniy va yuridik shaxslar bilan 172 mingta sug‘urta shartnomasini tuzdi.

Sug‘urta hodisalari bo‘yicha kunlik to‘lovlar 100 mln so‘mdan ortiq summani tashkil etadi, ana shu tarzda kompaniya birinchi chorakda 18 mlrd so‘m miqdorda sug‘urta tovonlarini to‘lab berdi, bu esa 2020 yilning birinchi choragiga nisbatan 56 foizga ko‘pdir.

Mijozlari orasida faol faoliyat yuritilishi va tezkor sur'atlarda ish olib borilishi natijasida kompaniya milliy sug‘urta bozorida yetakchi kompaniyalar uchligiga kiradi. Kompaniyaning hududiy infratuzilmasi rivojlanishiga katta e'tibor qaratilmoqda, bugungi kunda mamlakatimiz bo‘ylab 120 ga yaqin filial va 740 dan ortiq sug‘urta agenti faoliyat yuritmoqda. Kompaniya tomonidan korxona va tashkilotlar uchun moliyaviy, tadbirkorlik tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish, mol-mulkni va boshqalarni sug‘urta qilish sohasida kompleks sug‘urta mahsulotlari ishlab chiqilgan. Jismoniy shaxslar uchun sug‘urta dasturlarini xarid qilish tartib-taomili soddalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda sug‘urta polisini kompaniyaning https://gross.uz/ru sayti yoki http://gross.uz/m mobil ilovasi orqali xarid qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Gross Insurance kompaniyasining mijozlari uchun 1166 yagona qisqa raqami bo‘yicha 24/7/365 rejimida dam olishlarsiz sutka davomida kun-u tun amal qiladigan servis xizmati nazarda tutilgan. Operatorlar sug‘urta xizmatlari taqdim etilishi bilan bog‘liq barcha savollarga javob beradi, sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda, mijozlarni qo‘llab-quvvatlaydi, maqbul sug‘urta dasturini tanlashga va uning qiymatini hisoblab chiqarishga, sug‘urta polisini uzaytirishga, shuningdek sug‘urta da'vosi ko‘rib chiqilishi natijalari haqida ma'lumot olishda yordam ko‘rsatadi.

Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash markazining yagona telefon raqami: 1166.

Sayt: gross.uz

Facebook: fb.com/grossuz

Instagram: instagram.com/grossuzb

Telegram: t.me/grossuzb

Telegram-bot: t.me/grossrobot

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top