23:00 / 04.05.2021
9085

Qirg‘iziston prezidenti yangi konstitutsiyani imzolaydi

11 aprel kuni Qirg‘izistonda konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum va mahalliy kengashlar deputatligiga saylovlar o‘tkazildi. Referendum natijalariga ko‘ra, unda ishtirok etgan saylovchilarning 79,26 foizi bosh qomusni qo‘llab-quvvatladi.

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 5 may kuni mamlakatning 11 aprel kungi referendumda qabul qilingan yangi konstitutsiyasini imzolaydi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti saytida xabar qilindi.

Xabarda aytilishicha, u shuningdek, xalqqa murojaat bilan chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, 11 aprel kuni Qirg‘izistonda konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum va mahalliy kengashlar deputatligiga saylovlar o‘tkazildi.

Referendum natijalariga ko‘ra, unda ishtirok etgan saylovchilarning 79,26 foizi bosh qomusni qo‘llab-quvvatladi.

Yangi konstitutsiyaga ko‘ra, Qirg‘iziston prezidenti o‘z lavozimini ikkita 5 yillik muddatdan ko‘p egallay olmaydi. Amaldagi konstitutsiyada esa prezident faqatgina bir marta 6 yillik muddatga saylanishi belgilangan.

Top