11:52 / 05.05.2021
2325

Gulistonda bir kunda niqobsiz yurgan 210 nafar shaxs jarimaga tortilgan

Foto: KUN.UZ

Sirdaryo viloyati markazi Guliston shahrida bir kunda jamoat joylarida niqobsiz yurgan 210 nafar shaxs jarimaga tortilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 4 may kuni birgina Guliston shahrida profilaktika inspektorlari tomonidan karantin qoidalarini buzish bilan bog‘liq 210ta ma'muriy huquqbuzarlik holati aniqlangan. Jamoat joylarida tibbiy niqobsiz harakatlangani uchun fuqarolar ma'muriy javobgarlikka tortilgan.

«Hurmatli sirdaryoliklar, karantin cheklovlarini buzganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida yana bir bor ogohlantiramiz!

Eslatib o‘tamiz, jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish 1 225 000 so‘m jarima bilan jazolanadi», deyiladi xabarda.

Mavzuga oid
Top