13:43 / 05.05.2021
5198

Tabiiy monopoliya sub'yektlari ro‘yxati yangilandi

Joriy yilgi tabiiy monopoliya sub'yektlarining davlat reyestrida 130ta xo‘jalik yurituvchi sub'yekt ro‘yxatga olingan. O‘tgan yili ular 136ta edi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tabiiy monopoliya sub'yektlarining davlat reyestridagi korxonalar ro‘yxatini e'lon qildi.

2021 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, tabiiy monopoliya sub'yektlarining davlat reyestrida 11 turdagi tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha 130ta xo‘jalik yurituvchi sub'yekt ro‘yxatga olingan.

Reyestrning respublika bo‘limiga «O‘ztransgaz» AJ, «Hududgazta'minot» AJ, «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ, «Uzbekistan Airapors» AJ, «Urgenchtransgaz» UK, «O‘zbekgidroenergo» AJ, «Maxsusenergogaz» AJ va ularning tarkibidagi tizimlar, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ, «O‘zbekiston pochtasi» AJ, «Damxo‘ja suv ta'minoti» MChJ, «O‘zaeronavigatsiya» DUK va «O‘zbekneftgaz» AJ kiritilgan.

Reyestrning Toshkent shahri hududiy bo‘limi ro‘yxatidan «Toshissiqquvvati» DUK, Toshkent davlat transport universiteti, «Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli» UK, «Islom Karimov nomidagi «Toshkent» xalqaro aeroporti» MChJ, «Toshkent mexanika zavodi» AJ, «Zenit» MChJ, «Fayz» MChJ, «Toshkentdonmahsulotlari» AJ, «Toshkent issiqlik markazi» DUK, «Podemnik» AJ, «O‘zelektroapparat-Elektrosheld» MChJ, «ATM LOGISTIK» MChJ, «Toshkent shahar suv ta'minoti» MChJ, «ROSINFORMSERVIS» ShK, «Toshkent devor panellari zavodi» MChJ joy olgan.

Tabiiy monopoliya sub'yektlarining davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi Adliya vazirligida 2010 yil 11 oktyabrda ro‘yxatga olingan nizom asosida belgilanadi.

Avvalroq, 2020 yil 1 aprel holati bo‘yicha tabiiy monopoliya sub'yektlari ro‘yxati e'lon qilingandi. Unda davlat reyestrida 11 turdagi tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha 136ta xo‘jalik yurituvchi sub'yekt ro‘yxatga olingani keltirilgan.

Mavzuga oid
Top