17:31 / 06.05.2021
95647

Istanbulning mashhur Chamlija masjididan maxsus reportaj

«Bir vaqtning o‘zida 63 ming kishini sig‘dira oladi»

Turkiyaning Istanbul shahridagi Uskudar tumanida joylashgan Chamlija masjidi mamlakatning yirik jomelaridan biri hisoblanadi. Masjidning qurilishi 2013 yilda boshlanib, 2019 yilda tamomlangan. Masjidning umumiy maydoni 57 ming 500 kvadrat metrni tashkil etadi. Chamlija 6 minoradan iborat.

Masjidda muzey, san'at galereyasi, kutubxona va ming kishilik konferensiya zali bor. Shuningdek, Chamlija jomesi 3 ming 500ta avtomashinani sig‘dira oladigan avtoturargohga ham ega.

Masjidning qubbasi 72 metr bo‘lib, bu Istanbulda 72 millat istiqomat qilayotganidan darak beradi.

«Istanbulning istalgan yeridan ko‘rinib turadi»

2010 yilda Istanbul hokimiyati Uskudar tumanida joylashgan Chamlija tepaligiga teleminora qurish taklifini o‘rtaga tashlaydi. Faqat quriladigan mazkur inshoot tepalikning tabiatiga katta zarar yetkazishini inobatga olib, hokimiyat o‘z qarorini bekor qiladi.

2012 yilning may oyida esa «Istanbulning istalgan yeridan ko‘rinib turadigan» masjid aynan Chamlija tepaligiga qurilishi haqidagi xabarlar matbuotda keng yoritila boshladi.

Masjid qurilishi haqidagi xabarlar tarqala boshlaganiga qaramasdan, mutasaddilar hali aniq bir chizmalar yo‘qligini ochiqlaydi. Biroq me'mor Mehmen Guner chizmasi asosida Qahramonmarash shahrida qurilgan masjid prezident Rajab Toyyib Erdog‘anga ma'qul kelgani uchun Chamlija jomesining chizmasi ham uning zimmasiga yuklatiladi.

«Muddatidan oldin foydalanila boshlandi»

2016 yilning iyul oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan masjid bitmay qoladi. Ammo u namozxonlar uchun ochiladi. Masjid to‘liq 2019 yilda bitkazilib, barcha uchun ochiladi. Chamlija masjidi qurilishiga 66,5 Ayni paytda masjid nafaqat Istanbul, balki Turkiyaga kelgan sayyohlar uchun ham albatta borib ko‘rishlari shart bo‘lgan manzillardan biriga aylangan.

Isfandiyor Burgutboyev
UzbekLife'ning Turkiyadagi muxbiri

Mavzuga oid
Top