16:21 / 06.05.2021
4792

Olimlar Pfizer vaksinasi koronavirusning yangi shtammlariga qarshi samarali ekanligini aniqlashdi

Pfizer vaksinasining ikki dozasi bilan emlangandan so‘ng 75 foiz bemorlarda janubiy afrikacha shtammga nisbatan immunitet hosil bo‘lgan. Britancha shtamm bilan bog‘liq holatlarda esa bu ko‘rsatkich 87-89 foizga yetgan. 

Foto: REUTERS/Lucy Nicholson

Qatar va Isroilda o‘tkazilgan tadqiqotlar Pfizer kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasi britancha va janubiy afrikacha shtammlarga qarshi samarali ekanligini ko‘rsatdi. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda.

Qatarda o‘tkazilgan tadqiqot natijalari New England Journal of Medicine jurnalida e'lon qilindi. Ma'lum bo‘lishicha, Pfizer vaksinasining ikki dozasi bilan emlangandan so‘ng 75 foiz bemorlarda janubiy afrikacha shtammga nisbatan immunitet hosil bo‘lgan. Britancha shtamm bilan bog‘liq holatlarda esa bu ko‘rsatkich 87-89 foizga yetgan.

 Yana bir tadqiqot Isroilda o‘tkazilgan bo‘lib, uning natijalari The Lancet jurnalida chop etilgan.

Bu yerda Pfizer vaksinasining britancha shtamm yuqtirganlarga ta'siri o‘rganilgan. Tadqiqot mualliflarining xulosasiga ko‘ra, vaksina 95 foiz holatlarda britancha shtammdan himoya qiladi.

Mavzuga oid
Top