11:24 / 11.05.2021
1257

Buxoroda 2021 yilning o‘tgan 4 oyi davomida 58 ta tabiiy gaz o‘g‘riligi fosh etildi

«Hududgaz Buxoro» gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati xabariga ko‘ra, o‘tgan to‘rt oyda viloyatdagi 58 ta ulgurji iste'molchi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlangan. 

Jumladan, Buxoro shahrida joylashgan «JVZ» MChJga qarashli 2 gektar maydonga ega issiqxonada tabiiy gazdan tegishli tartibda hujjatlarni rasmiylashtirmasdan foydalanib kelingan. Shuningdek, shahardagi «PJS» jamiyatiga qarashli issiqxona gaz quvuriga ruxsatsiz ulangan.

Tekshiruvlar natijasida o‘tgan davr mobaynida bunday tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan tabiiy gazga noqonuniy ulanishlar oqibatida davlatga 355 million so‘m zarar yetkazilgan. 

Yuqoridagi holatlar yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga taqdim etilgan.
 

Top