18:38 / 11.05.2021
2274

Jamoatchilik nazoratini mensimagan tibbiyot xodimiga qonuniy chora ko‘rildi

Foto: Dreamstime

O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Namangan viloyat hududiy birlashmasi tomonidan joylarda kuzatuv monitoring ishlari olib borilmoqda.

Xususan, Uychi tumanida olib borilayotgan kuzatuv jarayonida Tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli poliklinikasida olib borilayotgan ishlar ham ko‘zdan kechirilgan.

Ma'lum bo‘lishicha, o‘rganish davomida tibbiyot xodimi O,N xonasini ko‘zdan kechirayotgan bir paytda O,N tomonidan  jamiyatning mutaxassislarini har-xil so‘zlar bilan haqoratlagan.
Fuqaro O,N.ga kuzatuv-o‘rganishlar yuzasidan tushuntirish ishlarini telefon orqali tushuntirilganda ham  fuqaro tomonidan jamiyat rahbariga nisbatan qo‘pol so‘zlar ishlatilganligi sababli jamiyat tomonidan fuqaroga chora ko‘rilishi to‘g‘risida tegishli organ tashkilotlariga murojaat etishgan.

Ushbu murojaat Uychi tuman sudi orqali ko‘rib chiqildi. Sud jarayonida barcha ma'lumotlar aniqlandi va fuqaroga Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi bilan ushbu kodeksning 33-moddasini qo‘llab bazaviy hisoblash miqdoring uch barobari miqdorida (669.000 ming so‘m) jarima jazosi tayinlandi.

Top