20:20 / 17.05.2021
7765

Andijonga kelin bo‘lib tushgan ayol Qirg‘izistondagi onasining Tanzila Norboyevaga murojaatidan so‘ng O‘zbekiston pasportini oldi

Qirg‘izistondan Andijonga kelin bo‘lib tushgan ayol 30 yil o‘tib O‘zbekiston pasportini oldi.

Andijonga kelin bo‘lib tushgan Shoiraxon Egamova 30 yildan buyon fuqaroligi bo‘lmagan shaxs maqomida yashayotgani, pasporti yo‘qligi uchun 10 yildan beri bor-yo‘g‘i 100 kilometr narida, Qirg‘izistonda yashovchi keksa onasini ko‘rgani bora olmasligi haqida Senat raisi Tanzila Norboyevaga murojaat qilgandi.

Mazkur murojaat Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan nazoratga olingach, ko‘p o‘tmay O‘zbekiston prezidentining 11 maydagi farmoniga muvofiq Shoiraxon Egamova O‘zbekiston fuqarosi sifatida qabul qilindi.

Kun.uz’ga xabar berishlaricha, 17 may kuni Shoiraxon Egamova O‘zbekiston pasportini ham olgan.

Yaqin kunlarda unga xorijga chiqish biometrik pasporti «zagranpasport» berilishi kutilmoqda.

Top