12:23 / 18.05.2021
1974

Bektemir tumanida qalbaki valutalarni muomalaga kiritgan shaxslar aniqlandi

Toshkent shahar Bektemir tumanida qalbaki valutalarni muomalaga kiritgan shaxslar qo‘lga olindi. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBning Bektemir tuman bo‘limlari tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. 

Qayd etilishicha, fuqaro F.X. va boshqalar oldindan til biriktirib, fuqaro I.dan “Samsung A71” rusumli uyali aloqa vositasini 300 AQSh dollariga, fuqaro A.dan “Iphone X” rusumli uyali aloqa vositasini 500 AQSh dollariga sotib olishga kelishib, ularga qalbaki 800 AQSh dollari berganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz marakasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid
Top