07:18 / 18.05.2021
2228

Buxorodagi Ark qal'asida joylashgan masjidda «Qur'on kitoblari» ko‘rgazmasi tashkil etildi

Nodir kitoblarni asrab-avaylash, o‘rganish maqsadida tashkil qilingan ushbu ko‘rgazmaga VIII asrda ko‘chirilgan arab tilining kufiy-hijoziy xatida bitilgan va «Langar Qur'oni» nomi bilan mashhur Qur'oni Karim namunasi ham qo‘yildi.

Shuningdek, kufiy, muhaqqaq, nasx, nasta'liq, nasxi Buxoro, rayhoniy kabi xatlarda hattotlar tomonidan turli davrlarda ko‘chirilgan Qur'on nusxalari ham joy oldi. Eksponatlar orasida uzoq safarlarda olib yurish uchun qulay cho‘ntakbop kitoblarni ham uchratish mumkin.

Istambul, Qozon va Tehronda chop etilgan Qur'onlar bilan birga bu tabarruk kitobning ilk marta G.Sablukov tomonidan rus tiliga ko‘chirilgan nusxasi, shuningdek, hattotlar foydalangan buyumlar ham ko‘rgazmada namoyish etildi.
 

Mavzuga oid
Top