23:41 / 18.05.2021
9338

Ispaniya migratsiya inqirozi sababli armiyani jalb etdi

Migrantlar guruhlari shahar ko‘chalarini to‘ldirgan, politsiya bilan to‘qnashuvlar yuz bergani to‘g‘risida xabarlar kelib tushgan.

Foto: AFP

Marokashdan besh ming nafar nolegal migrant Ispaniyaning Afrika shimoliy sohilidagi Seuta anklaviga yetib keldi. Ispaniya armiyani jalb etdi, deb xabar bermoqda Reuters.

Migrantlarning bir yarim ming nafari bolalardir. Migrantlar guruhlari shahar ko‘chalarini to‘ldirgan, politsiya bilan to‘qnashuvlar yuz bergani to‘g‘risida xabarlar kelib tushgan. Migrantlar, shuningdek, Ispaniya chegarasini kesib o‘tishga urinmoqda.

Ispaniya armiyasi va politsiyasi bir yarim ming nafar migrantni Marokashga qaytarib yubordi. Hukumat vaziyat barqarorlashmaguniga qadar migrantlarni vatanlariga qaytarishda davom etishini bildirdi.

O‘z navbatida, Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches Parijga safarini bekor qildi va Seutaga yo‘l oldi, deb yozmoqda El Pais.

Sanches vaziyatni jiddiy deb hisoblamoqda va Marokash hukumatini inqirozni hal qilishga chaqirdi.

Top